Logo


"Navo ansambli haqida"

                                                                      Ma'lumki xalqlarning bevosita milliy an'analari,                                                              urf-odatlari va ijtimoiy udumlari bilan bo'liq bir qator                                                   o'ziga xos sanatlari mavjud. Bular muayyan xalqning                                           borligi, millatning buyukligi va ularning boy ma'naviyatiga ega                                    ekanligidan darak beruvchi mezonlar  hsoblanadi. Surnay sozi ham                             o'zbek xalqining, boshqa xalqlar singari,ijtimoiy hayoti bilan chambar- 
                        chas bog'liq bolib kelgan cholg'ulardan biri bo'lib hsoblanadi. Chunonchi, bu                   cholg'u bir qator o'ziga mos va ijrosiga xos sozlar bilan birga xalqimizning                 barcha sohalarida, yaxshi  kunlarida bayyramu- anjumanlarida doimo yonma-
            yon hamda  hamnafaslikda faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
          Bu jarayon bizning  davrimizga kelib shu qadar rivojlandiki, ushbu soha sozandalari davr taraqqiyoti negizida hayotga        ijodiy yondoshib ketdilar. Cholg'uning va cholg'ular ansambligs xos bo'lgan turli-tuman yangiliklarni ixtiro etishga    erishmoqdalar.
          Ana shunday nufuzni o'z ijrochilik dasturi hamda ijro imkoniyatlari bilan erishishga muvofiq bo'lgan sozandalar guruhlaridan biri “NAVO” xalq karnay-surnaychilar guruhi desak adashmagan bo'lamiz.
         “NAVO” karnay-surnaychilar guruhi Toshkent shahridagi Chilonzor tumani R.M.Gglier nomli madaniyat uyi qoshida 2003 yili tashkil etilgan.
          Bu guruhga iqtidorli sozanda, surnay soziga benazir mehr qo`ygan inson Abdumannop Teshaboev rahbarlik qilib kelmoqda. Abdumannop Teshaboev 1963 yil 28 mart kuni Toshkent shahrida ziyoli oilasida tavallud topgan. Abdumannop ilk sabog`ni Toshkentlik mashhur sozanda ustozi, marhum Ubaydullo aka Vahobovdan ola boshlagan.
          Abdumannop Teshaboev surnay sozida mumtoz kuylar bilan bir qatorda xalq yo`lida yaratilgan zamonaviy bastakorlarning asarlarini ham mohirlik bilan ijro etadi. Surnay sozida kuy ijro etish murakkab sanaladi. Abdumannop ana shu murakkab ijro texnikasini egallagan sozandalardan biri hisoblanadi.
          «Navo» karnay surnaychilar guruhining sakkizta qatnashchisi bo`lib, bular Nodirbek Zokirov doyra chalish bilan birgalikda guruhning musiqa rahbari hamdir.
          Nog`ora cholg`usida Abdufotix Teshaboev, surnayda Davron Ismatov, karnayda Davlat Qurbonov, Farxod Oripov, Rustam Xaitboev, O`tkir Jalolov va Botir Jamolovlar milliy kuylarni yuksak mahorat bilan ijro etadilar.
          «Navo» guruhi o`zining yuqori badiiy saviyadagi tomosha dasturi bilan shahar va Respublika miqyosida o`tkaziladigan madaniy-ommaviy tadbirlar, ko`rik-tanlovlar va festivallarda faol ishtirok etib kelmokda.
          2003 yili Toshkent shaxrida o`tkazilgan «Surnay navosi» ko`rik-tanlovida faxriy yorliq, 2004 yilda esa Xalqaro «Oltin meros» xayriya jamg`aomasi tomonidan tashkil etilgan «Surnay sehri» havaskor surnaychilarning Respublika ko`rik-tan-lovi»ning Toshkent shahar bosqichida Gran Pri bosh sovrindori bo`lib, bu tanlovning yakuniy respublika bosqichida birinchi o`rin sovrindori bo`lib,diplom hamda qimmatbaho sovrin bilan taqdirlandi.
         2005 yili «Barhayot navolar» turkumidan milliy cholg`u ijrochilarining birinchi Respublika ko`rik-festivalida Oliy o`rin sovrindori bo`lib, mahsus sertifikat va qimmatbaxo sovg`alar bilan taqdirlandi.

          Havaskorlik san'atini rivojlantirish, milliy qadriyatlarni tiklashdagi faol xizmatlari hamda yuksak ijrochilik mahorati uchun «Navo» karnay-surnay guruhiga O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hay'atining 2006 yil 7 apreldagi 3-2 sonli qaroriga binoan «Xalq havaskorlik jamoasi» unvoni berildi.

        Mazkur karnay-surnaychilar guruhi nafaqat O`zbekis-tonda, balki xorijiy mamlkatlarda ham o`z muhlislariga ega bo`lib kelmoqda. Guruh a'zolari qo`shni MDX davlatlari Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikistonda ijodiy gastrol ь safarida bo`lganlar. Bu guruh Turkiya va Xitoy Xalq Respublikasida o`tkazilgan O`zbekiston madaniyati va san'ati kunlarida ishtirok etib qaytdi.
           «Navo» guruhining konsert dasturlaridan «Surnay navosi», «Navro`zi ajam», «Xojiniyoz» kabi mumtoz kuylar qatorida «Sallamno», «Qarg`alar», «Navo taronasi» «Tamanno», «Dilnavo» kabi o`zbek xalq kuylari qatorida rus, turk, kozok, kirg`iz va evropa millatlarining xalk kuylari keng o`rin olgan.
          Toshkent vohasida nufuzli karnay-surnaychilar guruhlari ko`p, lekin «Navo» guruhining o`ziga xos ijro uslubi mavjud. Buni alohida qayd etish lozimdir.
Andijon surnaychilar maktabi (Ashurali YUsupov), Toshkent surnaychilar maktabi (Qayum ota) kabi bizga namuna bo`lgan surnayning sehrini namoyish etadigan ijrolari zamonamizda davom ettiradigan munosib namoyandalari borligi bizni quvontiradi. «Navo» xalq karnay-surnaychilar guruhi a'zolarini ana shunday san'atkorlar qatoridan joy olishlariga shubhamiz yo`q. Karnay-surnaychilik juda murakkab kasb, lekin, bizning xalqimizning hayotini karnay-surnaysiz tasavvur etib bo`lmaydi.Mohir mehtarlar esa bizning millatimizni, davlatimizni ko`rki hisoblanadi.

 

 

 

© 2008 "Navo"
  | BOSH SAHIFA | BIZ HAQIMIZDA | AUDIO | FOTO | VIDEO | BOG`LANISH |